Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Davlat xizmatlari ko‘rsatishga vakolatli idoralar vakillari ishtirokida seminar o'tkazildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan tashkilotlar vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Unda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Abdulaziz Jonuzoqov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvoli yuzasidan axborot berdi.

Ta'kidlanganidek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan arizalarning ko‘rib chiqilishida belgilangan muddatlarga rioya qilinmaslik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishi hamda murojaatlarni asossiz rad qilinishi holatlari kuzatilmoqda.

Muloqotda belgilangan reglamentlar bo‘yicha viloyatda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi.

Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov vakolatli organlar tomonidan xizmatlarni belgilangan talablar asosida ko‘rsatmaslik qonunbuzilishiga olib kelayotganligini tanqid qilar ekan, bu holat fuqarolarning norozigarchiligi va sarson bo'lishiga sabab bo'layotgani, qolaversa markaz xodimlarining ish sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini alohida qayd etdi.

Uchrashuvda murojaatlar bilan ishlash jarayonida duch kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.  

Yakunda davlat xizmatlari ko‘rsatishda aholiga yanada qulaylik yaratish va ularning ortiqcha ovoragarchiliklarini oldini olish yuzasidan zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi hamda ma’muriy reglamentlar talablari buzilishiga sabab bo‘layotgan muammolar yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati