Янгиликлар
05
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
Adliya organlarining bevosita aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatini samarali ro‘yobga chiqarish hamda adliya organlari faoliyatini fuqarolar o‘z hayotida ijobiy o‘zgarish orqali sezishini ta’minlash maqsadida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasiga start berildi.
Aksiya doirasida Sirdaryo viloyatida amaliy harakatlar boshlangan.
Jumladan, Guliston tumani FHDY bo'limi tomonidan aholining muammolari uyma-uy o‘rganilib, huquqiy yechimi yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Tumandagi “Sohilobod” mahallasida sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan Abdukarimovlar oilasining muammosi bartaraf etilib, qonuniy nikohi qayd etildi hamda nikoh guvohnomalari topshirildi.