Янгиликлар
05
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazilgan xatlov jarayonlarida Mirzaobod tumanida 15 yildan buyon shar’iy nikohda yashab kelayotgan Ummatovlar oilasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat FHDY bo‘limi tomonidan o‘rganilib, hech qanday moneliklar bo‘lmagani bois oilaning muammosiga yechim topildi va ularning qonuniy nikohi qayd etildi.
- Huquqiy aksiya oilamizga chin ma’noda quvonch olib kirdi. Har bir hujjatni o‘z vaqtida rasmiylashtirish kerak ekanligini tushunib yetdik, - deydi F.Ummatov.