Янгиликлар
06
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi
Hududlarda sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar, sohalar va davlat o'rganlari kesimida korrupsiya darajasini baholash va korrupsiyani oldini olish borasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, bugun Sardoba tumani hokimligida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Sirdaryo viloyati hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi mudiri S.Xodjiyev, viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi S.Xalilov, tuman hokimi o'rinbosari B.Djumabayev hamda barcha tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi
Tadbirda ishtirokchilar o‘rtasida korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyotga salbiy ta’siri, uning oldini olish hamda shu boradagi qonunchilik va amaliyotdagi yangiliklar muhokama qilindi.