Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan!


Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida «Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan» g‘oyasi asosida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda dastlab mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida huquqiy savol-javoblar, viktorinalar uyushtirildi.