Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O'zbekiston xalq shoiri To'ra Sulaymon uy muzeyiga yoshlar sayohati tashkil etildi.


Adliya boshqarmasi, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston bolalar tashkiloti Sirdaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda mahalliy va hududiy sardorlar, adliya organlari va Milliy gvardiya boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar uchun O‘zbekiston xalq shoiri, Sirdaryo faxri To‘ra Sulaymon uy muzeyiga sayohat tashkil etildi.

To'ra Sulaymon uy muzeyida shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq bo‘lgan 870 ta eksponatlar, 1000 dan ortiq adabiyotlar to‘plami, 30 dan ortiq gazeta va jurnallar hamda 10 dona disklar keltirilib T.Sulaymon kutubxonasi tashkil qilinganligi tadbir ishtirokchilarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Shoirning oila a’zolari tomonidan hayoti va ijodi haqida tadbir ishtirokchilariga bir qator ma’lumotlar berib o‘tildi.