Янгиликлар
08
“Sohil” mahallasi - “Huquqiy mahalla”
Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan holda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida fuqarolarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda.
Guliston shaharidagi “Sohil” mahallasi “Huquqiy mahalla” sifatida tanlab olinib, adliya bo‘limi tomonidan ushbu mahallada fuqarolarning huquqiy muammolari so'rovnoma asosida o'rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda.
Mahallada tashkil etilgan sayyor qabul ham aynan aholining huquqiy muammolarini o‘rganish maqsadiga qaratildi. 3071 nafar aholi istiqomat qilayotgan ushbu mahallada xonadonlar soni 735 tani, oilalar soni 1460 tani tashkil qiladi.
Bugungi tadbir har jihatdan foydali bo‘ldi-,deydi mahalla nuroniysi Sayfiddin Soliyev, kadastr, moddiy yordam, yuridik faktni belgilash kabi doir bir qator masalalarda adliya xodimlari keng ma’lumotlar berishdi.
Darhaqiqat, sayyor qabulda nafaqat murojaatlar tinglandi, balki aholining kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolar, xususan meros ishi, kerdit, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash, kommunal sohaga oid masalalarda qonunchilikda belgilangan normalar yuzasidan to‘liq tushunchalar berildi. Shuningdek, aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi hamda “Sog‘lom avlod uchun” tashkiloti tomonidan bepul dori-darmonlar tarqatildi.
Gulchehra Jabborova kam ta’minlangan oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da ro‘yxatda turadi. “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida uyma-uy o‘rganishlar jarayonida Gulchehra opa farzandining to‘lov shartnoma asosida oliy ta’lim muassasasida tahsil oyayotgani va kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda ko‘mak zarurligi haqida murojaat qilgan edi. Fuqaroning ushbu murojaati adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etilib, yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi to‘lab berildi.
Ha, bugun adliya aholining eng yaqin huquqiy ko‘makchisiga aylandi. Endi adliya organlari ko‘proq odamlar orasida, mahallalarda bo‘lib, aholining dardu tashvishlarini tinglab, ularning huquqiy muammolarini hal etib keladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati