Янгиликлар
07
"ZAKOVAT"DA BILIMLAR SINALDI
Qishki ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy, intellektual bilimi va salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini yanada rivojlantirish maqsadida bugun Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida Adliya, O‘zbekiston bolalar tashkiloti Sirdaryo viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi, Sirdaryo viloyat Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida harbiy xizmatchilar, yuridik texnikum o‘qituvchilari, tuman shahar sardorlar Kengashi hamda Adliya va Milliy gvardiya boshqarmalariga biriktirilgan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan intellektual bahsda 9 ta jamoa o‘zaro raqobatga kirishdi.
O‘yin natijalariga ko‘ra, Sirdaryo viloyat yuridik texnikumining “Admiral” jamoasi 1-o‘rinni, Milliy gvardiya boshqarmasining “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoasi 2-o‘rinni, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasining “Zukkolar” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, hamkor tashkilotlar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘yin davomida eng yaxshi yosh ishtirokchilar sifatida Sirdaryo va Xovos tumalari hamda Shirin shahrining sardorlari saralab olinib, Adliya boshqarmasining sovg‘alari bilan taqdirlandi.
14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi oldidan tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati