Янгиликлар
10
SOHILDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
“Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan “Sohil” mahallasida tadbir tashkil qilinib, qonunchilikdagi yangiliklar keng aholi qatlamiga yetkazildi.
Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar, quyosh panellarining afzalliklari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir mobaynida huquqbuzarliklar profilaktikasi, odam savdosi va kiberjinoyat, giyohvandlik va narkojinoyatga qarshi kurashish borasidagi islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, zarur tushuntirishlar berildi, muammoli masalalar esa kirimga olinib ijroga qaratildi.