Янгиликлар
10
HARBIY QISMDA TARG'IBOT
14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi oldidan joylarda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!“ shiori ostida Sirdaryo tumanida joylashgan 525-sonli SCHR batalyonida o‘tkazilgan tadbir ham shonli sanaga bag‘ishlandi.
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi, tuman prokuraturasi, yoshlar agentligi, diniy qo'mita mas’ullari hamkorligidagi tadbirda dastlab milliy armiyamizdagi islohotlar, harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida samimiy muloqot o‘tkazildi.
Huquqiy profilaktika kuni doirasida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida "Korrupsiya - iqtisodiy va ijtimoiy muammolar manbai" mavzusida ma’ruzalar qilindi.