Янгиликлар
13
HARBIY XIZMATCHILARGA SAYYOR DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI
Sirdaryo tumani adliya bo'limi tomonidan "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan Sirdaryo tumanida joylashgan 21143-sonli harbiy qismda yashovchi harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a'zolariga sayyor tartibda davlat xizmatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning oila a'zolarining muammolari ham o'rganildi, ularning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolari tahlil qilindi.
Shuningdek, farzandini maktabgacha ta'lim tashkilotiga navbatga qo'yish, yashash joyidan ma'lumotnoma olish, elektron kalit olish, tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomani olish va boshqa masalalarda murojaatlari yuzasidan tegishli tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.