Янгиликлар
17
AHOLIGA HUQUQIY XIZMAT KO'RSATILDI
Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish maqsadida Oqoltin tumanida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Bo‘ston” mahallasi “Huquqiy mahalla” sifatida belgilanib, aniq reja asosida manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari, uyma-uy muloqotlar tashkil qilinmoqda.
Mahalla ahli bilan navbatdagi yig‘inda aholi uchun eng dolzarb masalalar - ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, mulkiy huquqlar, meros ishi kabi mavzularda huquqiy tushuntirishlar berildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, sayyor qabul o‘tkazilib, murojaatlar qabul qilindi. Tadbirda notarius, FHDY, Yuridik markaz, soliq, ijtimoiy himoya, tibbiyot, kommunal soha mas’ullari ishtirok etdi.