Янгиликлар
17
“ADLIYA KUNI”DA HUQUQIY MUAMMOLAR O'RGANILDI
Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoniga asosan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Aholining huquqiy muammolarini o‘rganish maqsadida Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan “Huquqiy mahalla” sanalgan “Sohil" mahallasida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi.
Jarayonda sayyor qabul o‘tkazilib, 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituvga olindi. Shuningdek, uyma-uy yurish orqali aholining yashah tarzi, huquqiy muammolari o‘rganildi. Tadbir davomida sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.