Янгиликлар
17
NARKOTIK MODDALARGA QARSHI KURASHISH BORASIDA TARG'IBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida targ‘ibotning samarali usullari qo‘llanilmoqda.
Xususan, davlat xizmatlari markazlarida o‘rnatilgan monitorlar orqali asr balosining salbiy oqibatlari va sog‘lom turmush tarzi haqida ta’sirli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Guliston tuman davlat xizmatlari markazida ham aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida monitorlardan unumli foydalangan holda ta’sirchan videoroliklar namoyish etib borilmoqda.
Eng muhimi, markazga kelgan fuqaro, navbati kelgunga qadar qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lib, huquqiy bilimlari oshmoqda.