Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

"ADLIYA KUNI"DA MUAMMOLAR O'RGANILDI


Boyovut tumanidagi “Madaniyat” mahallasi “Huquqiy mahalla” sifatida belgilanib, yanvar oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashi monitoring qilinmoqda.

“Adliya kuni” tadbirining aynan ushbu hududda tashkil etilgani aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarni o‘rganish, sayyor xizmat ko‘rsatish orqali fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadini ko‘zlaydi.

Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklar, kommunal soha, mehnat va mulkiy huquqlarga oid hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.  

Shuningdek, murojaatlari tinglanib, zarur tushuntirishlar berildi, o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar elektron platformaga kiritilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shundan so‘ng, "Huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkazilib,mahalla mas’ullari bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.