Янгиликлар
17
XODIMLAR BILAN PROFILAKTIK SUHBAT O'TKAZILDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo tuman adliya bo‘limida kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash yuzasidan profilaktik tushuntirishlar olib borildi.
Suhbat savomida “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, korrupsiya va huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatni kuchaytirish, jamoaviylik va ishchanlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda mehnat unumdorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.