Янгиликлар
16
“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O'TKAZILDI
Sardoba tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari adliya bo'limida bo‘lishdi.
"Ochiq eshiklar kuni" tadbiri davomida yoshlar FHDY, adliya va davlat xizmatlari markazida ish jarayonlarini bevosita kuzatdilar. Aholiga ko'rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlari, tug‘ilish, nikohni qayd etish jarayonlari, elektron manbalardan foydalanish yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘z navbatida, yoshlar o‘zlarini FHDY xodimi sifatida his etishlari uchun imkoniyat ham yaratilib, tantanalar zalida nikohni qayd etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
Ushbu tadbir yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda adliya sohasiga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.