Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

HUQUQIY MUAMMO VA YECHIM


Inson hayoti davomida kutilmagan sinov va turli vaziyatlarga duch keladi. Biroq har qanday holatda ham hujjat ishi bilan bog‘liq masalada muammo bo‘lmasligi kerak. Zero,  o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan hujjat boshqa zarur hujjatlarning ham rasmiylashtirilmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Guliston tumanida yashovchi fuqaro X.Kadirovaning 2005-yilda vafot etgan farzandining o‘limi hech qayerda qayd etilmagan. O‘lim haqidagi hujjatning o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagani esa boshqa hujjat ishlarini yuritishda muammo keltirib chiqarmoqda.

“Huquqiy mahalla” konsepsiyasi ijrosi yuzasidan “Sohil” mahallasida olib borilgan so‘rovnoma davomida ushbu huquqiy muammo aniqlanib, ish yurituvga qabul qilingan edi.

O‘rganishlar hamda to‘plangan ish hujjatlariga asosan fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, X.Kadirovaning 2005-yilda vafot etgan farzandining  o‘lganlik fakti belgilandi hamda o‘lim haqidagi guvohnoma  rasmiylashtirib berildi.