Янгиликлар
14
Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
“Oila muqaddas" dargoh. Buni anglab yetgan inson, oilasining tinchligi va farovonligi uchun yelib-yuguradi. Shu bois ushbu tushunchalarni, eng avvalo yoshlar qalbiga singdirish hamda ularni oilaviy hayotga tayyorlash muhimdir.
Sirdaryo tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maktabida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va yosh oilalarni hayotga tayyorlash maqsadida muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu mashg‘ulotlarga FHDY, Ichki ishlar organlari mas’ullari, huquqshunoslar, otinoyilar, psixologlar, tibbiyot xodimlari jalb etilgan bo‘lib, har bir dars interfaol metodlar asosida tashkil qilinmoqda. Sirdaryolik yoshlar mashg'ulotlar foydali bo‘layotganidan mamnun.
Darhaqiqat, mutaxassislar bilan muloqotlar nikohlanuvchi yoshlarning oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash,oilalar mustahkamligini ta'minlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, oilalarda sogʻlom ma'naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yosh juftliklar uchun tashkil etilayotgan bu kabi mashg‘ulotlar ularning oila qurish borasidagi bilimlarini mustahkamlabgina qolmay, mutaxassislarning ilmiy va hayotiy tajribalaridan saboq olishida ham ijobiy samara berishi, shubhasiz.
Mashg‘ulot so'ngida "Yosh kelin-kuyovlar maktabi" o'quv dasturi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati