Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

YOSH OILA QURUVCHILARGA SERTIFIKAT TOPSHIRILDI


Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayoni jamiyatdagi barqarorlik va sog‘lom muhitni shakllantirish uchun muhim hisoblanadi. Bu jarayon yoshlarni nafaqat turmush qurishga, balki oilaviy mas’uliyat, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat tamoyillarini tushunishga o‘rgatishni nazarda tutadi.

Guliston shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi, Guliston shahar FHDY mudirasi, Guliston shahar bosh otinoyisi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazi psixologi bilan birgalikda o'tkazilgan o'quv mashg'uloti ham ayni maqsadlarga qaratildi.

Yosh nikohlanuvchi oilalar bilan muloqotda diniy, psixologik hamda huquqiy masalalarda ma'ruzalar qilinib, mustahkam oilani barpo etishda mas'ullik yuzasidan ilmiy va hayotiy tajribalar o'rtoqlashildi.

Mashģulot sóngida 1-guruh tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.