Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida seminar o'tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi shu’ba boshlig‘i Usmon Saidmuratov ishtirok etib, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda nazorat organlarining roli va mas'uliyatini oshirish, shuningdek, inspeksiya xodimlarining ish jarayonida qonunlar va normativ hujjatlarga to‘liq amal qilishining ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, seminarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktik tadbirlarni oʻtkazish tartibi tushuntirilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.