Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"Yangiobod” mahallasida "Huquqiy targ'ibot kuni" o'tkazildi


Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan ushbu mahallada “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi asosida olib borilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy himoya, kommunal soha hamda mulkiy  huquqlarga oid fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga olingan edi.

Targ‘ibot tadbirida ayni ushbu yo‘nalishlarga oid qonunchilikka urg‘u berildi.

Uchrashuv davomida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari batafsil tushuntirildi.