Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

So'ragan edingiz...


Savol: Turmush o'rtog'im vafot etgan. Uy-joyimiz xo'jayinimning nomida. Uy-joyni o'zimning nomimga meros qilib o'tkazish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: FPKning 66-modda 3-qismiga ko‘ra, vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.

Notariat to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 60-moddasiga muvofiq, notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishni so‘rab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun bo‘yicha vorislikka chaqirish uchun asos bo‘ladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib ko‘radi.

Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos bo‘ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxo‘rlarning yozma roziligi bilan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin deb belgilangan.

Qonunning 54-moddasiga ko‘ra, meros mol-mulkning qo‘riqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni ro‘yxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxo‘rlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi.

Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk bo‘lsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo‘rlar merosni qabul qilib olgunga qadar da’vo qo‘zg‘atgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi.

Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxo‘rlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi deb belgilangan.

Qonunchilikka muvofiq, vafot etgan shaxsga tegishli bo‘lgan mulklarga nisbatan notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma meros qoldiruvhchi vafot etgan kundan boshlab olti oy muddat o’tgandan so’ng berilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘nggina merosxo‘rlarda mulk huquqi vujudga keladi.

Ma’lumot uchun: Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda. Ko’chmas mulk joylashgan hududdagi notarial idoraga quyidagi hujjatlarni taqdim etish maqsadga muvofiq:

Meros qoldiruvchi (marxum)ning o‘lim guvohnomasi;
Tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
Meros qoldiruvchi (marxum)ni nomida bo‘lgan mol-mulklarni tasdiqlovchi hujjatlar (ko‘chmas mulk bo‘lsa kadastr hujjati, avtotransport vositasi bo‘lsa texpasport va boshqa mulklar bo‘lsa ularga tegishli hujjatlar asl nusxasi);
Taraflarning shahsini tasdiqlovchi hujjatlar;
Agar meros qoldiruvchi (marxum) dan notarial tasdiqlangan vasiyatnoma mavjud bo‘lsa vasiyatnoma taqdim etiladi.
Zaruratga qarab notarial idora tomonidan boshqa tegishli hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Savolga Boyovut tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi Sunnatillo Murodov javob berdi.