Янгиликлар
06
ADLIYA MAHALLADA
Uyma-uy yurish va aholi bilan muloqot qilish ko‘plab huquqiy muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish imkonini bermoqda va bu usul fuqarolarni yillar davomida qiynab kelayotgan huquqiy muammolari yechimi uchun xizmat qilmoqda.
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Sohil” mahallasida uyma-uy yurish orqali individual yondashuv asosida o‘rganishlar olib borildi.
Tadbir davomida har bir fuqaro bilan alohida suhbatlashildi, ularning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolari tahlil qilindi. Xususan, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomani olish, aliment undirish, kafillik, order va boshqa masalalarda murojaatlar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi borasida huquqiy maslahatlar berildi.