Янгиликлар
19
Huquqiy muammolarni o'rganishdagi hamkorlik memorandum bilan mustahkamlandi
Ma’lumki, Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan zarur chora-tadbirlar adliya organlari xodimlari va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish, mahallalarga huquqiy axborotni yetkazish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini metodik ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda “ZOOM” platformasi orqali tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazlari, 239 ta mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida hokim yordamchilari tomonidan huquqiy muammolarni "online mahalla" platformasi orqali "smart ofis" tizimiga yuborilishi va adliya organlari tomonidan huquqiy muammolarning yechimi borasidagi ishlar tahlil qilindi hamda muammolarni hal etilishi yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yakunda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni “mahalla yettiligi” bilan birgalikda aniqlash va “Onlayn mahalla” tizimiga kiritish haqida memorandum imzolanib, hamkorlikdagi ishlarni samarali tashkil etishga kelishib olindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati