Янгиликлар
19
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha sayyor qabul o'tkazildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahar yoshlar va kichik sanoat zonasida tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.
Tadbirda dastlab ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofazasi va himoyasi yuzasidan tushunchalar berilib, buklet hamda flayerlar tarqatildi.
Shundan so‘ng, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari Adham Shayjigitov tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi.
Sayyor qabul davomida ixtiro, foydali model va sanoat namunalari, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish bo‘yicha ishtirokchilarninig murojaatlari yuzasidan joyida tushunturishlar berilib, murojaatlar qabul qilindi.