Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan "Ahmad Yassaviy” mahallasida “Huquqiy targ'ibot kuni” tashkil qilindi


Tadbirida aholiga qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, “Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati, kiberxavfsizlik, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Uchrashuvda moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar yuzasidan fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Shuningdek, kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berilib, sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.