Янгиликлар
21
Mini futbol bo'yicha "Adliya kubogi" musobaqasi o'tkazildi
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, sport turlarini ommalashtirish maqsadida bugun viloyat adliya boshqamasi va tizim xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha "Adliya kubogi" musobaqasi tashkil qilindi.
Musobaqada boshqarma, tuman va shahar adliya bo‘limlari hamda yuridik texnikum xodimlaridan tarkib topgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
3 turda olib borilgan 12 ta o‘yinda huquqshunoslar jamoaviy raqobatlarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi hamda g'oliblik uchun olib borilgan bahslar keskin va murosasiz o'tdi.
3-o‘rin uchun maydonda to‘p surgan boshqarma jamoasining qo‘li baland kelib, yuridik texnikum jamoasini mag‘lub qilishdi.
Musobaqaning final bosqichida Boyovut tumani va Guliston shahar adliya bo‘limlari jamoasi bor mahoratlarini namoyish qilib, o‘ziga xos kombinatsiyalar va chiroyli o‘yin taqdim etdilar. Ushbu marosasiz jangda Boyovut tuman adliya bo‘limi jamoasiga omad kulib boqdi.
Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin viloyat adliya boshqarmasi jamoasiga, 2-o‘rin Guliston shahar jamoasiga, 1-o‘rin Boyovut tuman jamoasiga nasib etdi. Ular o‘z nomiga munosib turnir g‘olibi sifatida chempion hamda kubok sohibi bo‘lishdi.
Mazkur turnir adliya xodimlari orasidan kuchli futbolchilar nomini ham kashf qildi. Boyovut tuman adliya bo‘limi xodimi Sarvar Primqulov “Eng yaxshi to‘purar” sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, Sardoba tuman adliya bo‘limi xodimi Furqat Mirzaxatamov "Eng yaxshi darvozabon", Guliston shahar adliya bo‘limi xodimi Sardor Xalilov “Eng yaxshi himoyachi”, Oqoltin tuman adliya bo‘limi xodimi Akram Abdumo‘minov "Eng yaxshi o‘yinchi" nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Sirdaryo viloyat yuridik texnikum jamoasi esa "Eng ahil jamoa" deb topildi.
Tadbir nihoyasida g‘oliblarga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining diplom va sovg‘alari topshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati