Янгиликлар
23
Xodimning ish haqi undirib berildi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro G.Tagayevaning murojaati oʻrganib chiqildi.
G.Tagayeva Guliston shahar tibbiyot birlashmasida tomonidan 2019-yildan hozirgi kunga qadar ishlagan davri uchun qolgan ish haqi to‘lanmay kelinayotganidan norozi.
O‘rganish davomida G. Tagayevaga 2019-yildan hozirgi kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatga xaq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 276-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasining Mehnatga haq toʻlash razryadlari 8-razryadidan 3,001 tarif koeffitsiyentida ish haqi toʻlab kelingani, ya’ni 2019-yildan 2024-yilning avgust oyiga qadar jami 90 124 853 ming soʻm kam ish haqi toʻlangani ma’lum bo‘ldi.
Vaholanki, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga xaq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi” nizomga koʻra haq toʻlanishi lozim edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasi boʻyicha razryad sogʻliqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtirilishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro G.Tagayeva manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yihca Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi krirtildi.
Natijada sudning hal qiluv qarori bilan tuman tibbiyot birlashmasi hisobidan G. Tagayeva foydasiga 2019-2024-yillarda toʻlanmay qolgan jami 90 124 853 soʻm ish haqi undirilishi belgilandi.
Timur Karimov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish shu'basi boshlig'i