Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

SAYYOR QABUL SAMARASI


Adliya organlari ko‘proq odamlar orasida, mahallalarda bo‘lib, aholining dardu tashvishlarini tinglab, ularning huquqiy muammolarini hal etishda ko‘makchi bo‘lmoqda.

Boyovut tumani “Ma’naviyat” mahallasida yashovchi fuqaro Abdurauf Shokirov 1-guruh nogironi. U hokim yordamchisining ko‘magi bilan subsidiya asosida yuk tashishga mo‘ljallangan elektromotoroller olib, mahalladoshlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Abdurauf aka boriga qanoat qilib, mehnat qilishdan aslo charchamaydi.

Biroq, huquqiy muammo sabab u adliya ko‘magiga ehtiyoj sezdi. Abdurauf Shokirov 6 yildan buyon turmush o‘rtog‘i Gulmira Turdimatova bilan shar’iy nikohda yashab kelayotganligi, qonuniy nikohni qayd etilishida amaliy yordam kerakligi yuzasidan 12-dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i J.Zoxidovning sayyor qabulida bo‘lgan  edi.

Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Adliya mas’ullari fuqaro xonadoniga borib,nikoh tuzilganligi haqida guvohnomani sayyor tartibda topshirishdi.