Янгиликлар
24
Yangiyer shahar "Sirdaryo" erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi
Tadbirda dastlab adliya mas’ullari tomonidan ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofazasi va himoyasi yuzasidan tushunchalar berildi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adxam Shayjigitovning tadbirkorlar bilan muloqoti faoliyatda duch kelinayotgan huquqiy muammolar yechimi uchun xizmat qildi.
Sayyor qabul davomida intellektual mulk bilan bo‘gʻliq muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi hamda o‘rganish vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituvga olindi.
Shundan so‘ng "Sirdaryo" erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “ECO WOOD PLYUS” МЧЖ faoliyati bilan tanishib, o'z brendini yaratish hamda davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi yuzasidan tadbirkorga zarur tavsiyalar berildi.