Янгиликлар
25
BAXMALLIKLARGA SAYYOR XIZMAT KO'RSATILDI
Sirdaryo tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari “Baxmal” mahallasida bo‘lishdi.
Maqsad sayyor xizmat ko‘rsatish orqali aholiga yanada qulaylik yaratish.
Sayyor xizmat davomida elektron raqamli imzo kalitini olish, bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish, pensiya haqida ma’lumotnoma, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to’g’risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish kabi 20 ga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, tadbirda yurudik shaxs tashkil etmagan dehqon xo'jaliklari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.