Янгиликлар
25
"FURQAT" MAHALLASIDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan “Furqat” mahallasida o‘tkazilgan “Huquqiy targ‘ibot kuni”da tadbirkorlar va xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar berildi va davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Tadbirda O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qaroriga koʻra, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga oʻtkazib beriladigan bir martalik moddiy yordamni olish tartibi haqida tushunchalar berildi.