Янгиликлар
25
SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARIGA YECHIM IZLANDI
Bugun Mirzaobod tumanining Do‘ngariq mahallasida Sirdaryo viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqarolar o‘z huquqiy muammolari yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitov qabulida bo‘lishdi.
Jumladan, do‘ngariqlik Sh.Aliqulov, M.Jumanova, Sh.Norbayevning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Takroriy tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish, qonuniy nikohni qayd etish, meros ishi, ishga tiklash va tadbirkorlik faoliyatiga oid 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Adliya sayyor qabuli har jihatdan samarali bo‘ldi. Tadbir mobaynida aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun sharoit ham yaratildi.