Янгиликлар
25
Har bir murojaat e'tiborda
Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan bo‘limga kelib tushgan har bir murojaat xolis va har tomonlama ko‘rib chiqilib, fuqarolarning huquqlari buzilayotganligi holatlari aniqlangan taqdirda qonunchilikka muvofiq ularni bartaraf etish va tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Boyovut tumanidagi 52-umumta’lim maktabida amaliyotchi psixolog bo‘lib ishlab kelayotgan A.Siddiqov shtat qisqarganligi sababli ma’lum muddat ishsiz edi.
Adliya aralashuvi bilan fuqaroning bandligi ta’minlandi. U hozirda 52-umumta’lim maktabida 0,5 stavka Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
-Adliya ko'magi bilan o'zim sevgan qadrdon jamoada faoliyatimni davom ettimoqdaman. Ayniqsa, o'quvchilar bilan ishlash, turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil qilish kasbiy ko'nikmalarimni rivojlantirishda yordam beryapti, - deydi A.Siddiqov.