Янгиликлар
26
Adliya vaziri oʻrinbosari Xydoyor Meliyev Guliston tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi
Guliston tuman adliya boʻlimining yangi binosi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan edi.
Yangi binoda adliya, davlat xizmatlari markazi, FHDY, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, “Madad” NNT bir tom ostidafaoliyat yuritmoqda.
Vazir oʻrinbosari dastlab davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, kichik kutubxona, Wi-Fi hudud, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.
Shundan soʻng, tizim xodimlari bilan muloqot qilinib, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va onlayn mahalla platformasi orqali kelib tushgan huquqiy muammolarni bartaraf etish, bu borada “mahalla yettiligi” bilan doimiy hamkorlik qilish zarurligi taʼkidlandi.
Uchrashuv mobaynida davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan xodimlarning takliflari tinglanib, zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.