Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyevning Sirdaryo viloyatida xizmat safari Boyovut tumanidagi “BOYOVUT COTTON TEXTILE” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshidagi ip yigiruv korxonasi faoliyatini oʻrganish bilan davom etdi


Adliya masʼullari korxonada ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Uchrashuvda tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha taklif va rejalari oʻrganilib, zarur tavsiya va tushunchalar berildi.

Shundan soʻng Boyovut tuman adliya boʻlimi faoliyati oʻrganilib, xodimlar bilan muloqot qilindi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 24-maydagi farmoni ijrosini tashkil qilish, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni aniqlash, “Onlayn mahalla” tizimiga kiritilgan huquqiy muammolarni bartaraf etish va bu borada “mahalla yettiligi” bilan doimiy ishlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Vazir oʻrinbosari Boyovut tumanidagi “Ibrat” mahallasida tashkil etilgan “Adliya kuni” tadbirida ishtirok etdi hamda sayyor qabul oʻtkazdi.

Tadbirda “Ibrat”, “Navroʻz”, “Maʼnaviyat”, “Farhod” mahallalaridan kelgan fuqarolar oʻz muammolari bilan vazirlik masʼuliga murojaat qilishdi.

Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolarning kadastr, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari masʼullar tomonidan koʻrib chiqildi.

Qabul davomida 5 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, 10 nafar fuqarolarga muammolarining huquqiy yechimlari tushuntirildi, qolgan 10 dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.