Янгиликлар
27
ADLIYA BOSHQARMASIDA BAYRAMOLDI YARMARKA TASHKIL QILINDI
Yurtimizning barcha hududlarida, tashkilot va muassasalarida yangi yil shukuhi kezmoqda.
Adliya boshqarmasida ham bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, xodimlar uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida zarur ishlar olib borilmoqda.
Xodimlarining bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishi uchun bugun viloyat adliya boshqarmasida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil qilindi.
Yarmarkada sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, asal, sut, tuxum, go‘sht, baliq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.