Янгиликлар
27
FIDOYI XODIM NAFAQAGA KUZATILDI
Nasiba Hamidova salkam 13 yil davomida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida moliya-iqtisod yo‘nalishida faoliyat yuritdi.
Bu vaqt oralig‘ida Nasiba opa o‘zining bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan jamoada hurmat qozondi.
Bugun soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan Nasiba Hamidova nafaqaga kuzatildi.
Shu munosabat bilan boshqarmada tashkil etilgan tadbirda tajribali xodimning kasbiga sadoqati, fidoyiligi, insoniylik fazilatlari alohida e’tirof etildi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Nasiba Hamidovaga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, xonadoniga fayzu-baraka tilaydi.