Янгиликлар
27
E'TIBOR, E'TIROF, RAG'BAT
Bugun Adliya boshqarmasida bir necha yo'nalishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
Adliya xodimlari o‘rtasida ishchanlik ruhini oshirish, jamoaviy hamjihatlik hamda sog‘lom muhitni mustahkamlash, korporativ madaniyatni yanada yuksaltirish maqsadiga qaratilgan tadbir bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha faol va tashabbuskorlarni saralash imkonini berdi.
2024-yil sarvisob qilinib, “Eng ahil jamoa”, “Eng odobli xodim”, “Eng faol ayol xodim”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi xodim”, “Eng xushchaqchaq pozitiv xodim”, “Eng yaxshi yosh mutaxassis”, “Yilning eng yaxshi tayinlovi”, “Eng kreativ xodim”, “Eng jonkuyar xodim”, “Eng yaxshi tashkilotchi xodim”, “Eng fidoyi xodim” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.