Янгиликлар
10
NOYABR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2024-yilning noyabr oyida Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Sayitov Hayitboy Axmatjon o‘g‘li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
H.Sayitov 20149-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2019-yilda Guliston tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2020-2022-yillar davomida viloyat adliya boshqarmasida turli lavozimlarida ishlagan.
Hayitboy Sayitov 2023-yildan buyon Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Adliya boshqarmasi jamoasi Sayitov Hayitboy Axmatjon o‘g‘lini ushbu e’tirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.