Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

KONSTITUTSIYA - RANGLAR JILOSIDA


Adliya organlari  tomonidan yoshlar bilan ishlashda o‘ziga xos yondashilmoqda. Xususan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlikka jalb qilish, ijtimoiy faolligini oshirish masalasi ham alohida e’tiborda.

Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan 46-sonli umumtalim maktabida o‘tkazilgan "Konstitutsiya -huquqlarim poydevori" mavzusidagi rasmlar tanlovi ham yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadini ifoda etdi.

Ushbu tanlovda ko‘plab iste’dodli yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining qobiliyatini va Bosh qomusimizni anglashga, o‘rganishga, tahlil etishga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon qildilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan rasmlar e’tibor bilan tahlil etilib, adolat mezonlari asosida baholandi. Konstitutsiya va uning moddalarini ranglar jilosida aks ettirirgan bir guruh yoshlar  esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.