Янгиликлар
17
SAYXUNOBODLIK FUQAROGA TAKRORIY GUVOHNOMA BERILDI
Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi 80-sonli farmoni adliya organlarini xalqqa yanada yaqinlashtirishdi. Aholining huquqiy muammolarini o‘rganish, aniqlash va joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar muhim ahamiyat kasb etayotir.
Albatta o‘rganishlar va tahlillar jarayonida ko‘plab huquqiy muammolar aniqlanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Sayxunobodlik Kimyo Bo'ronova 31 yoshda. Fuqaro tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini tiklashda FHDY bo‘limidan yordam so‘radi. Boisi, ayrim sabalarga ko‘ra dalolatnoma yozuvi saqlab qolinmagan.
Mas’ullar tomonidan ushbu huquqiy muammo tezda bartaraf etildi. Fuqaroning murojaati yuzasidan barcha kerakli hujjatlar to‘planib, tiklash asosida Kimyo Bo‘ronovaga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.