Янгиликлар
17
Nodavlat notijorat tashkilotlari hisobot topshirishi majburiymi?
"Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasida, nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shartligi belgilangan.
Shunga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkiloti adliya organlariga har yili 1-fevralgacha o‘tgan yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, shu jumladan faoliyatni moliyalashtirish manbalari va mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risidagi deklaratsiyani, mavjud a’zolar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha topshiradi.
Bugungi kunda adliya organlariga topshiriladigan yillik NNTlar hisobotlari www.e-ngo.uz platformasi orqali 1-yanvardan boshlab 24/7 rejimida elektron yuborish imkoniyati mavjud bo‘lib, ushbu qulaylik ularga ortiqcha vaqt va xarajatni oldini olishga va byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘yilmaskka olib keldi.
Bu muhim! "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning 239-moddasiga muvofiq, Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Soliq kodeksida NNTlarga soliq turlaridan kelib chiqib belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini topshirish majburiyatiga ega.
Ular tomonidan Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanib, MJTK 175-moddasida nazarda tutilgan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari NNTlar statistika orgnlariga ham belgilangan shaklda va muddatlarda hisobot topshirish majburiyatiga ega bo‘lib, har yili Statistika agentligi direktorining buyrug‘i bilan hisobot shakli va muddatlari tasdiqlanadi.
Shunga ko‘ra, Statistika agentligi direktorining 2024-yil 24-oktyabrdagi “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2024-yil 18-noyabr, ro‘yxat raqami 3575) buyrug‘i bilan 2024-yilning yillik hisobot topshirish muddati NNTlarga 2025-yil 4-martga qadar belgilangan.
O'z navbatdida, Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish ham MJtK 215-moddasiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sherdor Rasulov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo'yicha bosh maslahatchisi