Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

SAYYOR QABUL SAMARASI


Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari yanada takomillashib, sayyor qabullar orqali xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatilgan.

Yuzma-yuz uchrashuvlar esa muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va yechim topish imkonini bermoqda.

Fedor Shvedkov Boyovut tumanidagi  Uchturgon mahallasida istiqomat qiladi. U joriy yil 12 dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i J.Zoxidovning sayyor qabulida bo‘lib tug‘ilganlik haqida guvohnoma olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat ish yurituvga qabul qilinib, qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi hamda ijobiy hal qilindi.

Bugun adliya mas'ullari tomonidan sayyor tartibda fuqaroga guvohnoma topshirildi.

- Metrikam yo‘qligi sababli pasport ham ololmay yurgan edim. Adliya xodimlariga katta rahmat, ularning ko‘magi bilan hujjatli bo‘ldim. Sayyor qabulga kelganim besamar ketmaganidan juda mamnunman, - deydi F.Shvedkov.