Янгиликлар
18
Sayyor davlat xizmatlari aholi uchun har tomonlama qulaylik yaratmoqda
"Huquqiy targ‘ibot kuni" doirasida Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan Tinchlik mahallasida joylashgan 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sayyor xizmat tashkil qilindi.
Markaz xodimlari dastlab kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari haqida keng ma’lumotlar berishdi.
Tadbir davomida 40 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Aholi bundan mamnun. Chunki ularning ham vaqti, ham naqdi tejalib, uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘ldi.