Янгиликлар
18
HUQUQIY MUAMMO VA YECHIM
Adliya organlari tomonidan “Huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolar aniqlanib, ularning yechimi yuzasidan aholiga amaliy yordam berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24- maydagi PF-80 sonli farmoniga asosan Guliston shahar FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolarini o‘rganish jarayonida fuqaro S.Kasimovning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Kasimov shu kunga qadar tegishli hujjatga ega bo‘lmagan.
Guliston shahar FHDY bo‘limining sa’y-harakatlari bilan S.Kasimovga Qozog‘iston Respublikasi Yettisoy tumaniga xalqaro huquqiy yordam orqali so‘rovnoma yuborilib, fuqaroning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi olib berildi.