Янгиликлар
11
Sirdaryoda “ДЮСПАТАЛИН/DUSPATALIN” dori vositasining kontrafakt nusxasi savdosiga chek qo‘yildi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “ДЮСПАТАЛИН/DUSPATALIN ” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaati kelib tushdi.
Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” hamda “B” MChJlarda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “ДЮСПАТАЛИН/DUSPATALIN” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “МЕР ДУСПАТАНИМ/MER DUSPATANIM” nomi ostida kontrafakt dori vositasi sotilayotganligi aniqlandi.
“A” hamda “B” MChJlarga taqdimnoma kiritilishi natijada, MChJlar tomonidan “ДЮСПАТАЛИН/DUSPATALIN” tovar belgisidan foydalanishda huquq egasining huquqlarini buzuvchi xarakatlari toʻxtatildi, kontrafakt dori vositasini sotilishiga chek qo‘yilib, belgilangan tartibda yoʻq qilinishi ta’minlandi.