Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

BOYOVUT TUMANIDA SAYYOR QABUL


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tashkil etib kelinayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Boyovut tumanida bo'lib o'tdi.

Sayyor qabulda tumanning 10 nafarga yaqin fuqarolari Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Jahongir Zoxidov qabulida bo'lishdi.

Qabulda kelib tushgan murojaatlar asosan uy-joy, tibbiyot sohasi, ijtimoiy himoya, bandlik kabi masalalarda bo'ldi.

J.Zoxidov har bir murojaatchini diqqat bilan tingladi hamda huquqiy muammolarning yechimi yuzasidan zarur tushunchalar berdi.

Xususan fuqaro Manaviyat MFYda yashovchi fuqaro J.Rahmatovaning murojaati  Boshqarma boshlig'i tomonidan o'rganilib ma'sul xodimlarga ko'rsatmalar berildi va shu yerning o'zida ijobiy hal etildi.

Sayyor qabul davomida 1 ta murojaat joyida ijobiy yechim topdi,  4 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish talab qiladigan 5 ta murojaat ish yurituvga olindi.