Янгиликлар
12
Boyovut tuman adliya bo'limi faoliyati o'rganildi
Sirdaryo viloyati adliya tizimida quyi tuzilmalar faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida boshqarma boshlig‘i Jaxongir Zoxidov Boyovut tuman adliya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida dastlab adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlarida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, binoning kuz-qish mavsumiga shaylik holati, energotejamkor resurslardan foydalanish va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng xodimlar bilan suhbatlashib, huquqiy xizmat koʻrsatishda faoliyatni yanada kuchaytirish masalalari, o‘rganish davomida aniqlangan xato va kamchilikchiliklar muhokama qilindi hamda faoliyatda duch kelinayotdan tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.